UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi I.Davletov tomonidan Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabalariga "Davlat tilida ish yuritish" fanidan ochiq ma'ruza mashg'uloti o'tkazildi.
Mashg'ulot "Tashkiliy hujjatlar va ularning til xususiyatlari" mavzusida bo'lib o'tdi. Mavzu yuzasidan taqdimot namoyish qilinib, hujjat turlari bo'yicha qoidalar tushuntirildi. Shuningdek, tashkiliy, farmoyish, ma'lumot-axborot hujjatlar va xizmat yozishmalari yuzasidan amaliyotda qo'llash bo'yicha tavsiyalar berildi.