Joriy yilning 2-may kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakultetida talabalarning "Ilm nihollari – VI" an'anaviy ilmiy-amaliy anjumani o'z ishini boshladi.
Ilmiy-amaliy anjuman "O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari" sho'basida davom qilmoqda. Unda fakultetning izlanuvchan, intiluvchan, qiziquvchan talabalari o'z ilmiy ma'ruzalari bilan qatnashmoqda.