Joriy yilning 6-may kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti S.Ruzmetov Filologiya va tillarni o'qitish:rus tili ta'lim yo'nalishi 212-guruh talabalariga "Hozirgi rus tili" fanidan ochiq amaliy mashg'uloti o'tkazdi.Mashg'ulot "9-may Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlandi. Mashg'ulot jarayonida "Ikkinchi jahon urushi" qatnashchilari haqida ma'lumotlar berildi va turli tarqatma materiallardan, taqdimotlardan samarali foydalanildi. Mavzuni to'liq mustahkamlash maqsadida talabalar tomonidan sahna ko'rinishi namoyish etildi.

          Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari B.Abdullayeva, I.Shermatov, J.Raximov, A.Popova, N.Djumaniyazova, Sh.Katayevalar ishtirok etishdi.