Joriy yilning 6-may kuni O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Z.Ro'zmetova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish:rus tili ta'lim yo'nalishi 221-222-223-guruh talabalariga "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fanidan ochiq ma'ruza mashg'ulot o'tkazildi.Ma'ruza "Ложные друзья переводчика" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida tarjimonlik faoliyati, tarjima nazariyasi muhokama qilindi va mavzu yuzasidan ma'lumotlar berildi. Dars mavzusi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali mustahkamlandi.
Darsda kuzatuvchi sifatida Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi N.Djumaniyazova ishtirok qildi.