29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-apreldagi 30/9-19-son xatiga muvofiq, Yangi O‘zbekiston universitetida AQShning Massachusets texnologiya institutining malakali mutaxassislari tomonidan intensiv mahorat darslari boshlandi.
Unda Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuramboyev, Texnika fakulteti dekani M.Qurbanov hamda universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Mahorat darslarida AQSh oliygohining ta’lim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik o‘qitish metodikalari, mustaqil ta’limni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganilmoqda.
Mahorat darslari 2-may kunigacha davom etadi.