Xabaringiz bor, 6- 10-may kunlari Urganch davlat universitetida XK “Cert Akademy GROUP” xalqaro trening kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 81-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-fevaldagi 3/23-4/1-1197-sonli xatiga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha oliygoh rahbar xodimlari uchun 4 kunlik seminar kurslari tashkil etilib, mazkur kompaniya o'qituvchisi tomonidan dars mashgʻulotlari olib borildi.
Treninglar mobaynida Urganch davlat universiteti rahbar xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari, tashkilotlarda korrupsion xavflarni aniqlash va ularni oldini olish borasida jahon tajribalari asosida yangi ilmlarni olib, test sinovlarida ishtirok etishdi.
Bugun, 15-iyun kuni UrDU rektori B.Abdullayev hamda birinchi prorektor D.Ibadullayevlar sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan qatnashchilarga XK “Cert Akademy GROUP” xalqaro trening kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan xalqaro darajadagi ISO- 37001:2016 xalqaro standartiga ega sertifikatlarni oʻz egalariga topshirishdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur xalqaro sertifikat endilikda UrDU faoliyatida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilab beradi.
Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 – bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir. U korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilaydi.