Urganch davlat universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi stajor o'qituvchisi Jumaniyazova Lolaning Ituzumdoshlar oilasiga mansub sabzavotlar shifobaxshligi xalq xo'jaligida ahamiyati  mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari

Jumaniyazova.L    “Ituzumdoshlar oilasiga mansub sabzavotlar shifobaxshligi xalq xo’jaligida ahamiyati”mavzusida ma’ruzaga chiqdi. Ituzumdoshlar (lotincha: Solanaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, butachalar, lianalar va kichik daraxtlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, ketma-ket joylashgan, gullari ikki jinsli. Kosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchisi 5 ta. Mevasi — rezavor yoki koʻsakcha. Ituzumdoshlarning 90 turkumi, 2900 turi boʻlib, ular yer sharining tropik mintaqalarda, xususan, Janubiy va Markaziy Amerikada keng tarqalgan. Ituzum, pomidor, baqlajon, qalampir, paqpaq va goji oqchingʻil kabi turkumlari katta ahamiyatga ega. Ituzumdoshlarga kartoshka, pomidor, tamakigul, tamaki, maxorka va boshqa ekinlar kiradi. Koʻpchilik ituzumdoshlar — belladonna, mehrigiyoh, skopoliya, mingdevona, bangidevona, fisoxlaina va boshqa tarkibida alkaloidlar bor. Baʼzi ituzumdoshlar manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ituzum (Solanum) — ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar, chala butalar va butalar, baʼzan past boʻyli daraxtlar (tropiklarda) turkumi, dorivor oʻsimlik.Ular mustaqil o’z guruhi bilan birgalikda mavzuni tahlil qiladilar. Yuzaga keladigan tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va  talabalar  bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar.Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinku ruhda o’tdi.