Xabar berib borayotganimizdek, Urganch davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.
Bugun imtihonlarning to’rtinchi kunida abituriyentlar Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik, Sport faoliyati: futbol, Sport faoliyati: yengil atletika, Sport faoliyati: kurash hamda Sport faoliyati: stol tennis yo'nalishlari bo'yicha imtihonlarda ishtirok etib, o’z mahoratlarini namoyish etishmoqda. Bugungi sinovlarda jami 149 nafar talabgor ishtirok etishi kutilmoqda.
Jarayonlarni universitet rektori B.Abdullayev muntazam kuzatib bormoqda. Sinovlarda ishtirok etayotgan abituriyentlar bilan suhbatlashib, ularga imtihonlarda omad yor bo'lishini va talabalik baxti nasib etishini tilamoqda.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi ham imtihonlarni adolatli va shaffof oʻtkazishni ta‘minlash, turli noxush holatlarni oldini olish maqsadida jarayonlarni nazorat qilib bormoqda. Farzandining ishtirokini katta hayajon bilan kuzatayotgan ota-onalar bilan ham suhbat olib borilmoqda.