Bugun, 14-iyul kuni 8:00da respublikamiz bo'ylab oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun davlat imtihonlariga start berildi. Jumladan, Xorazm viloyatida ham "Yoshlik" sport majmuasi hamda BMBA ning Xorazm viloyati bo'limidagi 4 ta binoda test sinovlari bo'lib o'tmoqda.
Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari test jarayonlarida qatnashadigan abituriyentlarning imtihonga kirishlarida tartib-intizomni saqlashda, shuningdek, abituriyentlarning buyumlarini saqlash joylarida faol xizmat qilmoqdalar. UrDU rektori B.Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati jarayonlarni kuzatib bormoqda.
Qolaversa, abituriyentlarning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Urganch davlat universitetiga biriktirilgan maxsus binolarda kutish joylari tashkil etilgan. Farzandini qoʻllab-quvvatlash, ruhiy dalda boʻlish niyatida birga kelgan ota-onalar salqin joylarda o‘tirib, farzandini testdagi ishtirokini ekran orqali tomosha qilishmoqda. Ota-onalarning kayfiyatini koʻtarish, ularni qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida universitetimizning volontyor psixologlari suhbatlar olib borib borishmoqda.
Ma′lumot o′rnida, bu yil 805 ming nafardan ziyod abituriyent testlarda ishtirok etishi kutilmoqda. Imtihonlar 25-iyulgacha davom etadi.