Joriy yil 22-23 iyul kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-iyuldagi 249-sonli buyrug‘iga asosan, 2024-2025-o‘quv yili uchun Urganch davlat universiteti magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar uchun Prezident stipendiyasi, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida oʻqiyotgan yoshlar uchun Prezident hamda nomli Davlat stipendiyalari tanlovining universitet bosqichi o'tkazildi. Unda 40 nafar talabgor ishtirok etdi.
Nomzodlar O'zbekiston tarixi, Chet tili fanlaridan Og'zaki shaklda sinovdan o'tkazildi. Komissiya a'zolari tomonidan nomzodlar o'qishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatidagi muvaffaqiyalari, mazkur fanlardan bilim darajasi, faolligini inobatga olgan holda baholab borildi.