Bugun Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi PQ-135-sonli qarori ijrosi doirasida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” birinchi kuni boʻlib oʻtmoqda.
Mehmonlarni Urganch davlat universiteti rahbariyati va professor-o'qituvchilari iliq qarshi oldi. Forumda respublikamizning turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 11 ta oliy taʼlim muassasalari rektorlari, rahbariyati, shuningdek, Urganch davlat universitetining xorijiy hamkor oliy oʻquv yurtlari vakillari ishtirok etmoqda.
Forumni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ochib berdi. Mehmonlarni Xorazm vohasiga, jumladan, Urganch davlat universitetiga tashrifidan o'z mamnuniyatini bildirib, ushbu forum viloyatimizda ayni Qovun sayli festivali o’tkazilayotgan paytga to‘g‘ri kelganligi forumning salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, Xorazm viloyatining turizm salohiyati va imkoniyatlar xususida to’xtaldi.
Ochilish marosimida Buxoro davlat universiteti rektori O.Xamidov hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektori N.To’ychiboyevlar so'zga chiqib, forumning mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishdagi ahamiyatini e’tirof qilishdi.
Bugungi forumda oliy ta'lim nuassasalari rektorlari va mas'ul mutaxassislari PQ-135 sonli qaror doirasida har bir oliy ta’lim muassasasi o’ziga biriktirilgan turistik hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar borasida taqdimot qilishdi.
Shuningdek, Turkiyaning Istanbul Gelisim universiteti professor-o'qituvchilari hamda Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Sakakura Noriji ham forumda mehmon bo'lib, bugungi forum O’zbekistonning turizim salohiyatini yanada mustahkamlashda muhim poydevor bo’lishini ta’kidlashdi