Urganch davlat universitetida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtmoqda

Hashar – xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.

24–25-avgust kunlari Respublikamiz bo’ylab “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Shu qatorda bugun Urganch davlat universitetida ham obodonlashtirish hamda tozalash ishlariga bel bog’landi.

Jarayon davomida hududlar begona o‘tlardan tozalanmoqda, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesilib, oqlanmoqda. O‘quv binolari va talabalar turar joylarining atroflarida  tozalik va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida yurtimiz bo’ylab o‘tkazilayotgan ushbu xayriya hashari vatanimizni  yanada obod etish,  shu bilan birga, mustaqilligimizning 33 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi.

Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!