Jamoa shartnomasi bandlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi

2024-yilning 28-avgust kuni Urganch davlat universiteti maʼmuriyati va Kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida 2023-2025-yillarga moʻljallab tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.  

Unda fakultet va boʻlimlardan 195 nafar delegatlar ishtirok etdi. Konferensiyani UrDU O'quv ishlari boʻyicha prorektori S.Xodjaniyazov olib bordi.  Anjumanda universitet rektori B.Abdullayev, Ilmiy ishlar va innovatsialar bo'yicha prorektor Z.Ibragimov va Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Q.Xamrayevlar universitetda  professor-o‘qituvchilar va boshqa toifadagi xodimlarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishda “Samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari - KPI tizimini joriy etilish maqsadida jamoa shartnomasining ayrim bandlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritisih  yuzasidan ma'ruzalari tinglandi. 

Yigʻilish natijalariga koʻra, 2023-2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa sharnomasiga 2024-yil 2-yarmi uchun kiritiladigan qo'shimcha va o'zgartirishlar tasdiqlandi.