Bayramga munosib tuhfa

Bugun Urganch davlat universitetida qoʻshaloq tantana. Urganch davlat universiteti mustaqilligimizning 33 yilligini oʻzgacha shukuh bilan nishonlanmoqda. Boisi, bayram arafasida bugun oliygohimizda 5 ta sport turiga moʻljallangan, 6 ta maydondan iborat  yangi barpo etilgan  sport kompleksining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Maydonning foydalanishga topshirilishi universitet jamoasi uchun bayramga munosib tuhfa boʻldi.

Talabalarni sportga keng jalb qilish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida barpo etilgan ushbu sport kompleksi 1 ta basketbol, 1 ta voleybol, 2 ta badminton, 1 ta gimnastika hamda 1 ta gandbol maydonlarini oʻz ichiga oladi. 

Tantanali ochilish marosimini Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, mustaqilligimizning 33 yilligi bilan barchani qizgʻin tabrikladi, foydalanishga topshirilgan yangi sport maydoni oliygoh talabalarini kelgusida jahon arenalarida ulkan zafarlarga erishishlari uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdi. 

Shuningdek, tadbirda Urganch davlat universitetida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan bir guruh faxriy professor-oʻqituvchilar Q.Navroʻzov, I.Bayjonov, Q.Xudoyberganov hamda M.Rahimovlar soʻzga chiqib, yangi sport inshooti bilan universitet jamoasini, talaba-yoshlarni samimiy tabriklashdi. 
Ochilish marosimining soʻnggida sport maydonining zamonaviy, qulay hamda umumiy hududda sportning har xil turlari uchun ixtisoslashgan kompleksi sifatida qurilishida oʻz hissasini qoʻshgan quruvchi va muhandislar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. 

Yangi sport kompleksi barchamizga muborak boʻlsin!