Hurmatli Urganch davlat universiteti jamoasi!
Aziz hamkasblar, qadrli talabalar!
Barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik. Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxt-u iqbolini ko‘rish nasib etsin.
Ayniqsa, joriy yil ushbu shodiyonaning “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” ezgu g‘oyasi ostida o‘tkazilayotganligi barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Uchinchi Renessans poydevori bo‘lgan yoshlarimiz xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan Yangi O‘zbekiston bunyodkorlaridir. Yangi davr – yangi O‘zbekiston bizdan ana shunday bilimli, shijoatli, vatanparvar, bunyodkor yoshlarni tarbiyalashni talab etadi. Yurt ravnaqi yo‘lida kamarbasta yoshlarimiz salohiyati yuksak, sog‘lom va hurfikr, keng dunyoqarashli avlod bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Bu borada barchangizga kuch-g‘ayrat, shijoat hamroh bo‘lsin.
Talaba-yoshlarimizni esa oʻqishlarida muvaffaqiyat va zafarlar, koʻzlagan maqsadlariga erishishlarida kuch-gʻayrat, intiluvchanlik, mehnatsevarlik doim hamroh boʻlishini tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin. Yana bir bor mustaqilligining 33 yilligi muborak bo‘lsin.
Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, professor