Bugun Urganch davlat universiteti Talabalar shaharchasida TTJ xodimlari ishtirokida "Oliy ta’lim korrupsiyadan holi" mavzusida Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi X.Shihova bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda TTJ direktori K.Ibadullayev, universitet profilaktika inspektori D.Sapayev, KQK “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari, TTJ mudirlari, tarbiyachi pedagoglar hamda ishchi xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda TTJ xodimlari va talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish borasida so’z yuritilib, ishchi xizmatchilarning korrupsiya bo'yicha bilimlarini yanada oshirish hamda ularning korrupsion jarayonlar ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi nohush holatlarning oldini olish uchun zarur tavsiyalar berildi. Talabalar turar joyida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarining turar joyda qonunbuzarliklarga nisbatan chora ko‘rish, korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashishda birlashish kerakligi taʼkidlandi.