Dastlab muzeyda o’rin olgan eksponatlar, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda muzeyning boy moddiy-texnik bazasi ko’zdan kechirildi. Aytish joizki, ushbu muzey har doim yoshlar bilan gavjumligi ularning boy tariximizga bo’lgan qiziqishi va befarq emasligining belgisi sanaladi.
Muzey direktori dots.Y.Rahmonova tomonidan anjuman ishtirokchilariga sovet davrida qatag'onga uchragan ajdodlarimiz va ularning tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.
Rektor B.Abdullayev muzey faoliyatini koʻzdan kechirak ekan, uni yanada rivojlantirish boʻyicha oʻzining takliflarini berdi.
“Jadidlar merosi-kelajagimiz poydevori” nomli koʻrgazma ishi bilan tanishdi. Tanlovda faollik koʻrsatayotgan maktab oʻquvchilari va universitet talabalari bilan suhbatda boʻldi.
Hozirda ushbu muzeyda Xorijiy filologiya fakulteti katta oʻqituvchisi M.Atajonova rahbarligida amaliyot oʻtayotgan 2201-tarjimon guruhi talabalarining amaliyot jarayonlarini kuzatdi va talabalarga zarur tavsiyalar berdi.