Tarixiy xotira, ma'naviy va ruhiy tarbiya - Yangi O'zbekiston poydevori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qaroriga koʻra, oktabr oyining 1-haftasi mamlakatimizda “Siyosiy qatagʻonlarni yod etish haftaligi” deb e'lon qilindi. Shu munosabar bilan bugun Urganch davlat universitetida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi hamda universitet tuzilmasidagi “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan hamkorlikda "Tarixiy xotira, ma'naviy va ruhiy tarbiya - Yangi O'zbekiston poydevori" mavzusida xotira kechasi tadbiri o'tkazildi. Unda viloyatimizning bir guruh nuroniylari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev ochib berib, Turkiston va uning ajralmas bo'lagi jadidchilik haqida fikr yuritib, qatagʻon qurbonlarini yod etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. 

????Tadbirda Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi rahbari B.Abdrimov, muzey direktori Y.Rahmonova, qatagʻon qurboni Oxun bobo avlodi Atajon eshon Abdurahim xoji hamda Viloyat IIB boshqarmasi maslahatchisi, polkovnik, qatag'on qurbonlari taqdiqotchisi R.Rahimovlar so'zga chiqib, Vatan ozodligi uchun kurashgan xalqimiz fidoyilari hayoti xususida so‘z yuritdilar. Ziyolilarning qatag‘on qilinishi sabablari va oqibatlari, bugungi dorilomon kunlarga erishishda ularning hissasi hamda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz nomini oqlash, xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlar e’tirof qilindi. Jadidchilik harakatining kelib chiqishi va uning namoyondalari haqida o'z fikrlarini aytishdi.