“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar bo’lib o’tdi

Respublikamiz bo‘ylab yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi Urganch davlat universitetida ham keng tashkil etilmoqda. 

Shu kunlarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolaridan iborat loyihasi ishtirokchilari: O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov, Respublika bosh uronefrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi Jumanazar Beknazar hamda Respublika “Jamiyat” gazetasi bosh muharriri Maqsud Jonixonovlar Urganch davlat universitetida mehmon boʻlib turibdi.

Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning mazkur “Ma’rifat ulashib” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Shuningdek, mehmonlar oliygoh talabalari bilan ham uchrashishdi. Ijodiy uchrashuv chog’ida mehmonlarimiz inson ma'naviyatini yuksalishida badiiy asarlarning o'rni, hozirgi kundagi olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari hamda o'z mehnat faoliyatlari yuzasidan yoshlarga ma'lumotlar berishdi. 

"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida bo’lib o’tgan ijodiy uchrashuvdan so’ng, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ijodkorlar bilan oliygoh hududida yangi ko’chatlar ekildi. 

UrDUda "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida bo’lib o’tayotgan ijodiy uchrashuvlar kunning ikkinchi yarmida umumiy o’rta ta’lim maktablarida ham davom etdi. "Maʼrifat ulashib" loyihasi ishtirokchilari hamda oliygohning talaba-yoshlari viloyatdagi bir necha maktablarda bo'lib, oʻquvchilar bilan uchrashuvlar o'tkazishdi.