Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi "Yashil makon" umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-199-sonli Farmoni asosida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, bugun "Yashil mаkоn" umummilliу loyihasiga start berilib, jarayonlar ZOOM platformasi orqali onlayn translyatsiya qilib borildi hamda Urganch davlat universiteti tomonidan oliygoh maydoniga shu loyiha doirasida 350 tup ko'chat ekildi.
Bu loyiha xalqimizni, xususan, yoshlarimizni atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil maydonlarni ko‘paytirish va ularni saqlash, ona zaminni asrashga bo‘lgan e’tiborini oshiradi.