2020-yil 14-yanvar kuni Jismoniy madaniyat fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari B.Sotipov va Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri dos.B.Yadgarovlar guruxlarda yurtimiz tinchligi, Vatanimiz shaʼnini har jabhada turib himoya qilayotgan, uning shonu-shuhratini dunyoga yoyishda maʼlum maʼnoda oʻz hissasini qoʻshayotgan mard va jasur oʻgʻlonlarni, hurmatli hamkasblarimizni 14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladilar. Ilohim oilalaringiz baxtiga doimo sogʻu - salomat boʻlib, yelib yugurib ishlab yurish, farzandlaringiz bilan birgalikda shogirdlar kamolini koʻrib yurish baxti nasib qilsin! Bayram kayfiyati sizlarni kuni boʻyi tark etmasin azizlar!