Bugun, 25-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti hamda OITSga qarshi kurashish markazi hamkorligida "Sog‘lom hayot sari birgalikda" shiori ostida sportning basketbol, stritbol, shashka-shaxmat, yengil atletika va stol tennisi turlari bo'yicha fakultet birinchiligi o'tkazildi.
Barcha ishtirokchilar qizg’in kechgan musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritish uchun o'zaro kuch sinashdilar.
Musobaqada basketbol sport turidan 241-basketbol guruh talabasi A.Abdusharipov, stritbol sport turidan S.Atamuratova, shashka sport turidan (o'g'il bolalar bo'yicha) I.Mavlonov, (qiz bolalar bo'yicha) Sh.Abdalova hamda shaxmat sport turidan Xorijiy filologiya fakulteti talabasi M.Abdusharipova g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Shuningdek, sport marafonida g'olib deb topilgan talabalar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari tomonidan faxriy yorliqlar bilan munosib taqdirlandilar.