Oliygoh Psixologik markazi xizmatingizda…

Urganch davlat universiteti Psixologik markazida talabalarining o'quv faoliyatga motivatsiyasi hamda o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish maqsadida muntazam ravishda psixologik treninglar o'tkazilmoqda.

Xususan, bugun ham universitet amaliyotchi psixologi M.Avazova hamda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha psixologlar Sh.Ibadullayeva, F.Abdullayevlar tomonidan Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlar fakulteti hamda Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti tyutorlari va xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari hamkorligida talaba-yoshlar bilan "Guruhiy nizolarni oldini olish" va "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik omillari" mavzularida psixologik treninglar tashkil etildi.

Aziz talabalar, agarda psixolog xizmati zarur bo’lsa, universitetning 5-o'quv bino 2-qavatida joylashgan  Psixologik markaz (208-xona)ga murojaat etishingiz mumkin.