Bugun, 27-noyabr kuni UrDU Filologiya va san'at fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Unda Filologiya va san'at fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.
Tanlovning ushbu sonida talabalar turkman adabiyoti vakili, turkiy xalqlarning sevimli shoiri Maxtumquli hamda rus adabiyotining yorqin namoyandasi Aleksandr Blok ijodi bo'yicha bellashdilar.
Unda fakultetning 7 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdi. Badiiy qismda Amaliy filologiya ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabalarining chiqishlari namoyish etildi.
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholandi. Tanlov g'oliblariga fakultet dekani, prof. D.G'ayipov tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.