2024-2025 o'quv yilining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘iga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari e’lon qilindi. 
 
Sovrindorlar orasida 17 nafar Urganch davlat universiteti talabalari ham borligi oliygoh jamoasiga cheksiz faxr va quvonch bagʻishlamoqda.

Jumladan:

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi - 1 nafar;                 
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi - 1 nafar;                                            
Bobur nomli davlat stipendiyasi - 1 nafar;                                                          
Beruniy nomli davlat stipendiyasi - 3 nafar;                                                       
Ulug'bek nomli davlat stipendiyasi -2 nafar;                                                      
Navoiy nomli davlat stipendiyasi - 9 nafar.

Urganch davlat universitetida iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar talabalarimizning bugungi muvaffaqiyatlarida namoyon bo‘lmoqda.
 
Urganch davlat universiteti maʼmuriyati Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘olibi bo‘lgan barcha talabalarimizni chin dildan qutlagan holda keying faoliyatlarida ham yuksak marralar tilaydi!