Bugun, 7-dekabr kuni Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Urganch tumani hokimligi tomonidan "Konstitutsiya ko'chasi" ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Ko'rgazmada fakultet iqtidorli va ijodkor talabalarining oliy Qomusimizga bagʻishlab tayyorlagan turli qo'l ishlari hamda professor-o'qituvchilarining ilmiy ishlanmalari, ilmiy-innovatsion yutuqlari va ixtirolari namoyish qilindi.