✅ Bugun, 5-dekabr kuni Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Sa'dullayev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalarga korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan tartib-tamoyillar tushuntirilib, ma'lumotlar berildi hamda yoshlarga korrupsiya millat kushandasi ekanligi, birgalikda ushbu illatga qarshi kurashish lozimligi ta'kidlab oʻtildi.
Shuningdek, suhbat davomida talaba-yoshlarga korrupsion holatlarga duch kelinganida qanday chora-tadbirlar ko'rilishi haqida tegishli tushuntirishlar berildi.