UrDUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun Urganch davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida mehmon bo’lib turgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, yozuvchi Olim Toshboyev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, professor Qozoqboy Yo'ldoshev hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Ochil Tohirovlarning oliygoh talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Loyiha doirasida o‘tkazilgan tadbirda ziyolilar tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish lozimligi taʼkidlanib, ma’naviyat hayot-mamot masalasiga aylanib ulgurgani, shu jihatdan olib qaraganda, yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilayotgani ayni muddao ekanligi qayd etildi. Inson ma'naviyatini yuksalishida badiiy adabiyotning o'rni haqida gapirib, yoshlarda badiiy adabiyotga qiziqish uygʻotish,  kitobxonlik darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi. Talabalar bilan ijodiy fikr almashildilar. Oʻz ijod namunalaridan misollar keltirishdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda talabalar adabiyot, sheʼriyat, ijod haqida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.