Magistrlik dissertatsiya himoyasi
Bugun Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Biologiya yo‘nalishi magistratura talabalarining dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Magistrlar o‘z ilmiy ishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, dolzarb ilmiy masalalar, tadqiqot natijalari va ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Himoya jarayonida talabalar va ilmiy rahbarlar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

???? Bunday himoya tadbirlari nafaqat magistrlarning ilmiy salohiyatini oshirish, balki ularning izlanishlari natijalarini keng ommaga yetkazishga xizmat qiladi. Himoyada ishtirok etgan barcha magistrlarni muvaffaqiyatli taqdimotlari bilan tabriklaymiz!