Urganch Davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti "Kimyo" kafedrasida 2025 yil 13 yanvar kuni soat 15:30 da 126-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib oʻtdi.
Seminarda kafedra dotsenti Yarmanov Sherimmat Xalillayevichning “Karbon kislotalar va murakkab efirlar mavzularini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish” ma'ruzasi tinglandi.
Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.