2025-yil 3-fevral kuni soat 15:30 da bosh binoning 101-xonasida “Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari” fakulteti “Kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi Karimova Ro‘za Baxtiyarovnaning “I-II guruh kationlari mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish” mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu mavzu bo'yicha talabalarga ta'lim berishda alohida e'tibor qaratilishi mumkin bo'lgan jihatlarga e'tibor qaratilib o'tildi. Mavzuni o'qitishda qanday pedagogik usullarni qo'llash samaraliroq ekanligi takidlab o'tildi va aniq misollar bilan tushuntirildi. Seminar bo'yicha qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarini va takliflarini aytdilar. Seminar munozaralarga boy bo'lgan holda zaruriy ma'lumotlarga ega bo'lindi.