Urganch Davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti "Biologiya" kafedrasida 2024-yil 04-fevral kuni soat 15:30 da Smart binoning konferensiya zalida navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.
Ilmiy-nazariy seminarda "Biologiya" kafedrasi professor-o'qituvchilari qatnashdilar.
Seminarda kafedra katta o'qituvchisi N.S. Yadgarovaning “ Biologiya yo'nalishi fanlarini o'qitishda integratsiyalashgan yondashuv usullari” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.