Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ommaviy sportni rivojlantirish va 2028-yilgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, muntazam ravishda universitet ichki musobaqalari, sport festivallari va saralash musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday musobaqalardan biri, bugun, 19-fevral sanasida universitet Sport klubi tashabbusi bilan “Universiada” sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sportning Belbog‘li kurash turi bo‘yicha viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda universitet sport zallarida jarayonlar qizg‘in davom etmoqda.