Seminar-trening

UrDU o'qituvchilari PRESSETT treningda ishtirok etishmoqda

24-25 fevral kunlari o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayonini mustahkamlash, reflektiv amaliyotlarni chuqur o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida PRESSETT trening bo’lib o’tmoqda. Mazkur treningda Respublika OTMlarining 160 dan ortiq professor-o‘qituvchilari qatorida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Rohatoy Abidova hamda kafedra o‘qituvchilari Feruza Masharipova va O‘g‘iljon Ahmedovalar ham ishtirok etmoqda. Trening davomida CPD va reflektiv amaliyotlar tushunchasi, Metodologik dars namunasi va tahlili, til o‘rganish darslarida refleksiya hamda o‘qitish amaliyotida refleksiya va rejalashtirish singari mavzular muhokama qilinmoqda.