Assalom aleykum hurmatli kuzatuvchilar! Bizning Biotexnologiya kafedramiz 20.03.2025 sanasida Urganch shahrida, yoshlik sport majmuasida bo'lib o'tgan Navro'z bayramiga bag'ishlangan ko'rgazmali bayram saylida ishtirok etdi. Bu sayilga ko'plab yurtdoshlarimiz va viloyatimiz hokimi Jo'rabek Raximov tashrif buyurdi. Bayram sayli yuqori darajada bo'lib o'tdi va viloyatimizning barcha katta tashkilotlari o'z chiqishlari bilan qatnashdi.