Ilmiy nazariy seminar

Urganch Davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti " Fakultetlararo chet tillar" kafedrasida 2024-yil 15- oktabr kuni 447-xonada navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi. Ilmiy-nazariy seminarda "Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi professor-o'qituvchilari qatnashdilar. Seminarda " Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi o'qituvchisi Klicheva Nargizaning "Ingliz va o'zbek tillarida noaniqlik kategoriyasining artikl, son, raqam va "bir" so'zi orqali ifodalanishi" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.