Bolalar dam olish maskanlarida faoliyat yuritish istagida bo'lgan talabalar bilan soha mutaxassislari ishtirokida suhbat o'tkazildi

Bugun, 1-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Bolalarni sog'lomlashtirish oromgohlarida tarbiyachi va yetakchi lavozimlariga mavsumiy ishga qabul qilinadigan nomzodlar bilan departamentining hududiy boshqarma boshlig'i hamda oromgoh direktorlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Q.Yo‘ldashev, Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i R.Bobojonov,  viloyatimizda joylashgan "Urganch", "Al-Xorazmiy", "Jayhun quyoshi" hamda "Xiva gulshani" kabi oromgohlar direktorlari ishtirok etib, dam olish maskanlarida faoliyat yuritish istagida bo'lgan talabalar bilan suhbat asosida imtihon olishdi.

Shuningdek, oromgohlar faoliyati, yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.