25.01.2020 kuni Urganch davlat Universiteti Turizm va Iqtisodiyot fakulteti “Mehmonxona xo’jaligini boshqarish” kafedrasi o’qituvchisi Jumaniyazova Sharifa Rashidovna O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.02.2019 yildagi PF-5781 sonli “O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonning 3-ilovasi 28-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari xona tozalovchi xodimlarining nazariy va amaliy ko’nikmalarini oshirishga qaratilgan o’quv mashg’uloti olib bordi.