Oliy ta’lim va mahalla hamkorligi!

➡️Bugun, 10-aprel kuni Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi FO‘O‘BOXMOB o‘quv kurslarining bir guruh MFY raislaridan iborat tinglovchilari uchun "Mahallalarda korrupsiya xavfini kamaytirish omillari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

  Uchrashuvda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova ishtirok etib, joriy yil 5-mart kunidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘yicha fikr-mulohaza yuritib, seminar ishtirokchilariga ushbu yig‘ilish borasida ma’lumotlar berdi. 

Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bilan universitet professor-o‘qituvchilaridan tashqari ularning ota-onalari, mahalla jamoasi ham birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.