Bugun Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari uchun “Talabalar kino kunlari” doirasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu tadbirda taniqli kino va teatr arbobi, O‘zbekiston xalq artisti, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, akademik Gulora Raximova ishtirok etdi. Gulora Raximova Xorazm musiqali drama teatri aktrisasi sifatida talabalarga o‘zining boy tajribalaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi.
Tadbirda teatr sanati, aktyorlarning ijodi va teatrning tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritilib, uni nafaqat san'at, balki yoshlar uchun muhim tarbiya maskani sifatidagi o‘rni ta'kidlandi. Aktrisa, teatrning kuchi va uning inson ruhiyatiga qanday ta'sir qilishini, shuningdek, ijodiy sohada faoliyat yuritayotgan aktrisa va aktyorlarning hayoti va mehnatini talabalarga tushuntirdi.
Tadbirning davomida Gulora Raximova tomonidan teatr san'ati va aktyorlik faoliyatiga bag‘ishlangan qisqa spektakldan parchalar namoyish etildi. Jonli ijro ham tadbirning jonli va samimiy o‘tishiga katta ta'sir ko‘rsatdi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni san'at va madaniyatga yaqinlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.