30-aprel kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Urganchda xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida ishtirok etayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari ustozlari bilan birgalikda qatnashishdi.
Uchrashuv doirasida 26-28-aprel kunlari Xivada YUNESKO va AYSESKO shafeligida o‘tkazilgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali jarayonlarida xorijiy mehmonlarga tarjimonlik qilishda ko‘maklashgan Urganch davlat universitetining bir guruh volontyor-tarjimonlari hamda ularning ustozlari vazir Ozodbek Nazarbekovning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan vazirga murojaat qilishib, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Mazkur jarayonlar Xorijiy tillarni o'rganayotgan oliygohimiz talabalari uchun o'zgacha shukuh va ishtiyoq baxsh etishiga ishonamiz.