Bugun, 5-may kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida navbatdagi universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Kengashining 9-majlisidan o’rin olgan quyidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida;
2024-2025-o‘quv yilining 1-yarmi yakunlari to‘g‘risida;
Doktorant va mustaqil tadqiqotchilar faoliyati monitoringi natijalari va dissertatsiya himoyalari samaradorligi to‘g‘risida;
Universitet huzuridagi Xorazm innovatsion texnoparki faoliyati to‘g‘risida.
Kengashining 9-majlisida oliygohning OAK professori va dotsenti ilmiy unvoniga ega bo'lgan professor-o'qituvchilari hamda DSc (fan doktori) va PhD (falsafa doktori) ilmiy darajalariga ega bo'lgan professor-o'qituvchilariga diplomlari topshirildi.
2025-yilning aprel oyida Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro onlayn olimpiadada faol ishtirok etib, faxrli 1- va 2- o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar va ularning ustozlariga diplom va sertifikatlari topshirildi.
2025-yilning mart oyida Janubiy Afrikaning Limpopo davlat universitetida tashkil etilgan “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” nomli madaniy dasturini muvaffaqiyatli tashkil etish, milliy sanʼatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish va xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi faol ishtiroki va munosib hissasi uchun Sanʼat kafedrasi professor-o'qituvchilariga universitet rahbariyatining tashakkurnomasi topshirildi.
Shuningdek, har xil masalalar va saylovlar Kengash kun tartibidan joy oldi.