18-may — Xalqaro muzeylar kuni

Bugun "18-may — Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag’on qurbonlari xotirasi" muzeyida "Tarixiy xotira, ma'naviy va ruhiy tarbiya — Yangi Oʻzbekiston poydevori" mavzusida eng yaxshi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

✅Tanlovda universitet Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar hamda Filologiya va san'at fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi. 

Eng yaxshi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi yakunida vatanparvarlik, Turkiston va uning ajralmas bo'lagi jadidchilik borasidagi ijodiy ishlari bilan faol qatnashgan yoshlar eʼlon qilinib, mas'ul xodimlar tomonidan  munosib taqdirlandi.