"Yoshlar oyligi" doirasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida Xiva shahridagi “Arda Xiva” turizm majmuasida gala-konsert bo'lib o'tdi. 

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Karyera kunlari" tadbirlari miqyosida ushbu hududda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tomonidan  ko'rgazma tashkil etildi. Unda har bir fakultet o'zining o'quv yo'nalishi, ilmiy yutuqlari, amaliy loyihalari hamda innovatsion ishlanmalarini namoyish etib, ayniqsa, qabul jarayoni bilan bog'liq ma'lumotlarni keng jamoatchilik e'tiboriga havola etishdi.