Urganch davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirildi

Bugun, 14-iyun kuni universitet rahbariyati tomonidan UrDU akademik litseyi bitiruvchilarining diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Ta‘kidlash joizki, , joriy o‘quv yilida akademik litseyni 311  nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning  86  nafari imtiyozli diplomlar,  3 nafari oltin va  3  nafari kumush medallar bilan katta hayotga qadam qo‘yishmoqda. Ahamiyatlisi, bitiruvchi o‘quvchilarning  166  nafari fan bilish sertifikati,  105 nafari chet tilidan SEFR sertifikati hamda  92 nafar o‘quvchilar IELTS sertifikatlarini olishgan. 

Tadbirda ayni ko‘rsatkichlar e’tirof etilib, bitiruvchilarga ta’limning keyingi bosqichi tanlovlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

Bitiruv marosimida oʻquvchilarning a’lo xulqi, o’qishlardagi muvaffaqiyatlari, odob-axloqi va bilim egallashdagi alohida yutuqlari bilan tengdoshlariga o’rnak bo’layotgan o’quvchilarning ota-onalari va ustozlariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Ma‘lumot ornida, joriy yilning 10-iyun sanasidan yurtimizdagi barcha akademik litseylarida  2025/2026-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining  9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda. Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.