Universitetimiz talabalari Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin Xorijiy tillar universitetida amaliyot o'tashdi

Joriy yilning 16-20 iyun kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining bir guruh talaba-yoshlari dotsent G.Saparbayeva boshchiligida tajriba almashish va amaliyot o'tash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin Xorijiy tillar universitetiga tashrif buyurishdi.  

Mazkur universitetda oliygohimiz talabalari “Tarjima va interpretatsiya” bo’limi rahbari, professor Joshuaning “Tarjimada zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt” mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarida faol qatnashishdi. Shuningdek, universitet bilan yaqindan tanishishdi va xitoylik talabalar bilan muloqotda bo'lib, o'zaro tajriba almashishdi.