Bugun "27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonlarini Respublika miqyosida sifatli yoritishda, universitetning ijtimoiy va ilmiy jozibadorligini oshirishda, tezkor va aniq axborot tarqatishda hamda talabalar, professor-o'qituvchilar va keng jamoatchilik orasida universitetga bo'lgan ishonch va hurmatni yanada oshirishdagi fidokorona xizmatlari uchun Axborot xizmati bo'limi xodimlari Tashakkurnoma hamda moddiy rag'batlantirish bilan taqdirlandi.

Tashkil etilgan bugungi uchrashuvda Urganch davlat universiteti rektori v.v.b S.Xodjaniyazov boshchiligida universitet rahbariyati matbuot va ommaviy axborot vositalarining ahamiyati va bugungi kundagi o’rni haqida to’xtalib, Urganch davlat universiteti Axborot xizmati bo’limining samarali faoliyatini e’tirof etishdi hamda samimiy tabriklashdi.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!