Bugun “Qovun sayli” festivalida Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Baxrom Abdullayev Urganch davlat universiteti pavilyoniga tashrif buyurdi.
Universitet rektori v.v.b. Sardor Xodjaniyozov hamrohligida pavilyon koʻrgazmalari bilan tanishib, olimlarning ilmiy ishlari, ijodiy loyihalari va mintaqaviy tashabbuslari bilan yaqindan qiziqdi.
Universitet professor-oʻqituvchilar jamoasi hamda talabalar bilan samimiy muloqot qildi.
Tashrif so‘ngida esdalik suratlar olindi va universitet jamoasiga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.





