Bugun "Qovun sayli" festivalining uchinchi kunida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Senatning Fan, ta’lim va sogʻliq saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Baxrom Abdullayev hamda Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov ishtirok etib, Urganch davlat universiteti pavilyoni bilan tanishdilar. Namoyishga qoʻyilgan ilmiy ishlanmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda yangi texnologiyalar asosida yaratilgan innovatsion loyihalarga qiziqish bildirib, olimlar bilan muloqotda boʻldilar.
Vazir universitet jamoasining ilm-fan va amaliyot uyg‘unligidagi ishlanmalarini yuqori baholab, kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasida yangiliklarni yanada kengaytirish borasida oʻz fikrlarini bildirdi.






