21-avgust kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili qabuli doirasida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish istagini bildirgan fuqarolarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. Suhbatlar belgilangan tartib asosida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Talabgorlar bilan suhbat jarayonlari ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
UrDUda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul jami 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, jami 628 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan.
Bugun talabgorlar bilan suhbat jarayonlarida UrDU rektori v.v.b.S.Xodjaniyazov ishtirok etib, talabalar bilan suhbatda boʻldi.
Suhbat jarayonlari 22-avgust kuni ham davom etadi.


.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
